Kontentga ötiş
Men haqimda Könikmalar Loyihalar
Loyihalarga qaytiş

Tillachiuzbot — Zargarlik savdosi ekotizimi

Bot · 3 noyabr 2026
Tillachiuzbot — Zargarlik savdosi ekotizimi

Tillachiuzbot — zargarlik savdosi uçun Telegram ekotizimi

Tillachiuzbot — zargarlik mahsulotlari katalogi, xaridorlar uçun qulay axborot va dökon içki savdo jarayonlarini birlaştiruvçi Telegram bot hamda Web App loyihasi. Xaridor, sotuvçi va dökon egasi öz vazifasiga mos interfeys orqali yagona tizim bilan işlaydi.

Xaridor uçun raqamli vitrina

  • Mahsulotlar katalogi: zargarlik buyumlarini toifalar böyiça köriş va filtrlaş.
  • Aksiyalar va ulaşiş: mahsulot va aksiyalarni Telegram bot havolasi orqali başqalar bilan bölişiş.
  • Dökonlar va aloqa: SofizarGold hamda Tillachi Shosalim manzillari, telefon raqamlari va xaritada yöl yönalişlari.
Tillachi savdo başqaruvi — konseptual tasvir

Sotuvçi va dökon egasi uçun imkoniyatlar

  • Savdo hisobi: sotuvçi savdo maʼlumotlari va sotilgan mahsulot vaznini kiritadi; kundalik körsatkiçlar kuzatiladi.
  • Qoldiq nazorati: egasi toifalar böyiça başlanğıç dona sonini kiritadi; tizim qolgan donalar va sotilgan umumiy vaznni alohida körsatadi. Tarixiy savdolar başlanğıç qoldiqdan qayta ayrilmaydi.
  • Reyting: kunlik, haftalik va oylik sotuvçi reytingi, savdolar soni va summasi, profil suratlari hamda ğoliblar podiumi.
  • Hisobotlar: dökon böyiça hisobotlar, Excel eksporti va Telegram hisobot guruhi bilan boğlaş.

Arxitektura va dizayn

Telegram bot va Web App, serverless endpointlar hamda maʼlumotlar bazasi birgalikda işlaydi. Interfeys React va JavaScript asosida yaratilgan bölib, mobil ekranlar, iOS Liquid Glass uslubidagi navigatsiya va kunduzgi/tungi körinişga moslaştirilgan.

Raqamli vitrina va içki başqaruv bir joyda: xaridorga qulaylik, jamoaga esa aniq savdo maʼlumotlari.

Tasvirlar loyiha uçun sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan konseptual illustratsiyalardir; ular haqiqiy interfeys skrinshotlari emas.

Saytni oçiş