Blogga qaytiş
Yangi özbek alifbosi: 28 harf va “bir tovuş — bir harf” qoidasi
Tarixiy qaror: 2026-yil 21-oktabr
Özbek tilining lotin yozuvi uzoq yillar davomida “harf” va “harflar birikmasi” örtasida ikkilanib yurdi. 2026-yil 21-oktabrda imzolangan qonun bu ikkilanişga nuqta qöydi: alifbo 28 harf va bitta tutuq belgisidan iborat deb belgilandi.
Nima özgardi?
- Oʻ → Ö — “özbek” endi özbek deb yoziladi.
- Gʻ → Ğ — “ğoz” → ğoz, “bogʼ” → bağ.
- Ş → Ş — “şahar” → şahar, “yaxşi” → yaxşi.
- Ç → Ç — “çoy” → çoy, “keç” → keç.
- ng alohida harf sifatida çiqarildi — u endi ikki harf: n va g.
- Tutuq belgisi (ʼ) saqlanib qoldi: maʼlumot, taʼlim, sanʼat.
Nega bu qoida muhim
“Bir tovuş — bir harf” tamoyili yozuvni öqişni yengillaştiradi: har bir tovuş faqat bitta belgi bilan ifodalanadi. Natijada matn tezroq öqiladi, qidiruv tizimlari esa sözlarni aniqroq topadi.
Amaliy jihatlar
- Amaldagi hujjatlar va şartnomalar öz kuçida qoladi.
- Yangi yozuv maktab darsliklariga bosqiçma-bosqiç kiritiladi.
- 2027-yil 22-apreldan boşlab yangi alifbo majburiy tartibda qöllanadi.
Alifbo — bu şunçaki harflar töplami emas, bu millatning öz fikrini qanday yozib qoldirişi.
Uşbu sayt ham yangi alifboga ötkazildi: matnlardagi ş va ç birikmalari ş va ç ga, oʼ va gʼ esa ö va ğ ga almaştirilgan.