Kontentga o'tish
Men haqimda Ko‘nikmalar Loyihalar
Blogga qaytish

Endi to‘laqonli oliy ma’lumotliman

2026-06-20 · 128 ko‘rish

🥳 Meni tabriklasangiz bo‘ladi — men endi to‘laqonli oliy ma’lumotli kadrman! Ushbu muvaffaqiyat ortida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi 4 yillik samarali ta’lim va izlanishlar yo‘li yotibdi.

✅ Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut talabasi bo‘lganman. 2024-yil 5-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Fiskal institut yagona "Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti" negizida birlashtirildi.
🇺🇿 Birlashgan universitetga iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Teshabayev rektor etib tayinlandi. Natijada men mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biri bo‘lmish TDIU ning "Soliqlar va soliqqa tortish" yo‘nalishida tahsilni muvaffaqiyatli yakunladim.
👩🎓 Talabalik yillari faqatgina nazariy ilmlar berib qolmay, insonga hayotiy tajriba, matonat va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Ushbu davr mobaynida nafaqat soliq qonunchiligi va moliya sohasini, balki axborot texnologiyalari hamda dasturlash ko‘nikmalarini ham amaliyotda chuqur egalladim.
👨🎓 Oliy ta’lim dargohida men bilan birga tahsil olgan qadrdon do‘stlarim va barcha bitiruvchi kursdoshlarimga kelajakdagi professional faoliyatlarida yuksak zafarlar tilayman! Qayerda bo‘lsangiz ham O‘zbekiston ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo‘ling.
128 ko‘rish